Buxoro shahriga kim hokim etib tayinlandi?
Bugun yaʼni 4-mart kuni boʻlib oʻtgan Buxoro shahar faollarining yigʻilishida tashkiliy masala koʻrildi.
Oʻtkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Oʻ. Jumayev shu paytga qadar Buxoro shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
U mehnat faoliyatini 1997-yilda “Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37 – son koʻchma mexkolonnasida ishlab chiqarish muhandisi sifatida boshlagan.”Buxoroavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish korxonasiga rahbarlik qilgan.2012 – 2019-yillarda “KNAUF Gips Buxara” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonada rahbarlik vazifalarida ishlagan.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring