Buxoro shahrida 200 mln. soʻm pullarni oʻmargan ayol ushlandi
2022-yil 27-dekabr kuni nomaʼlum shaxs oʻzgalar mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro tumani “Oʻrta Osiyo” mallasida yashovchi R.Sh.ning Buxoro shahar “Shirbudin” mahallasidagi xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonining hovlisidagi temirdan ishlangan seyfning ichida saqlanayotgan 200 mln. soʻm naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, nomaʼlum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Shirbudin koʻchasida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan O.N. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring