Buxoro qon quyish markazida yiliga 12 ming nafargacha donor qon topshirmoqda

12:25 17 Fevral 2022 Jamiyat
1174 0

Foto: Халқ сўзи

Buxoro qon quyish markazida ilk bor zamonaviy qon komponentini ajratish separatori oʻrnatildi. Bu yumush davlatimiz rahbarining 2021-yil 27-maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori doirasida amalga oshirildi.

— “Oʻzmedimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Gruziyaning “Innova Medical Eguipment and Services LLC” kompaniyalari oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq yetkazilgan, narxi salkam 70 ming AQSH dollari boʻlgan ushbu uskuna avtomatlashtirilgan tizim asosida ishlaydi, — deydi markaz bosh hamshirasi Dilnoza Fayzullayeva. — Vaholanki, ilgari bizda bu yumush yarim avtomatlar yordamida bajarilar va bu koʻp vaqt talab qilardi. Ushbu separator esa toʻliq trombotsit yigʻishga moslashgan. Aytmoqchi, trombotsit qonning ivishiga taʼsir qiluvchi element sanaladi. Ushbu komponentlar qon saratoni, leykozlar, aplastik animeyalarda qoʻllaniladi.

Yangi uskuna bemorlarning trombotsit komponentiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda qoʻl keladi. Tibbiyotda unga talab katta. Qolaversa, avtomatlashtirilgan apparatda donorlar oʻzlarini noqulay his etishmaydi.

Ushbu markazda yiliga 12 ming nafargacha donor qon topshirmoqda. Ular orasida trombotsit donorlari ham bor.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер