Bugungi tashvishlarni kuch va iroda bilan yengamiz
Oʻzbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish va uning profilaktikasi yuzasidan muhim va tezkor choralar koʻrilmoqda.
Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari natijasida mamlakatimizda koronavirus asoratlarining oldini olish va kamaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.
Prezidentimiz muntazam videoselektor yigʻilishlari oʻtkazib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, asoratlarini bartaraf etishda barcha bosqichdagi davlat tashkiloti rahbarlari, masʼul shaxslar vazifalarini belgilandi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlariga zarur sharoit va imtiyozlar berildi.
Prezidentimizning koronavirus masalasida xalqimizga qilgan murojaatlari mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbiga taskin va ishonch berdi. Ahamiyatlisi, yurtdoshlarimiz oʻzining bor kuchi va irodasi, yuksak masʼuliyatini namoyon etmoqda. Bu esa dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda.
Jizzax viloyatida ham koronavirus infeksiyasiga qarshi muhim chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shahar va tumanlarda tuzilgan maxsus shtablar faol harakat qilmoqda. Jamoatchilik joylari, dehqon bozorlari, korxona va tashkilotlar hududlari, koʻp qavatli uylar kirish podyezdlari va aholi yashash massivlarida dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Masofadan xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Talab va soʻrovlar asosida aholiga zarur dori-darmon va tibbiyot vositalari, oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berilmoqda.
Biroq eng asosiy vazifa “ijtimoiy masofani saqlash” boʻlib qolmoqda. Virus tarqalishining oldini olish uchun jamoat joylaridan uzoqlashish, koʻchadagi harakatni, oʻzaro muloqotlarni cheklash zarurligi toʻgʻrisida tavsiyalar berilmoqda.
Darhaqiqat, karantin talablariga qattiq rioya qilish va buni fuqarolik burchimiz deb qabul qilishimiz zarur. Zero, virus tarqalishining oldini olishda eng ishonchli usul – gigiyena qoidalariga rioya qilish sanalmoqda.
Vaholanki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, halq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish halqimiz turmush farovonligini oshirishga, ularning haq-huquqlarini himoya qilishga, qonun ustivorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Zotan, bugungi tashvishlarni kuch va iroda bilan yengamiz
Nusratullo PARDAYEV, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring