Bugungacha 643 952 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

22:12 09 Iyul 2020 Jamiyat
898 0

2020-yil 9-iyul soat 18:00 holatiga respublika boʻyicha jami 643 952 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 319 071 nafar) abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.

Shundan, taʼlim shakli boʻyicha:

▪️ kunduzgi – 396 270 nafar;

▪️ sirtqi – 236 681 nafar;

▪️ kechki – 11 001 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ oʻzbek tilida – 566 077 nafar (88 %)

▪️ rus tilida – 60 603 nafar (9,4 %)

▪️ qoraqalpoq tilida – 15 628 nafar (2.4 %)

▪️ boshqa tillarda – 1 644 nafar (0.2 %).

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

▪️ Samarqand davlat universiteti – 36 955 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 30 981 nafar;

▪️ Qarshi davlat universiteti – 25 651 nafar;

▪️Namangan davlat universiteti – 25 305 nafar;

▪️Toshkent davlat pedagogika universiteti – 24 643 nafar.

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер