Bugundan jamoat joylarida tibbiy niqoblardan foydalanish boʻyicha nazorat kuchaytirildi — SSV

16:48 24 Mart 2021 Jamiyat
1204 0

Mamlakatimiz hududida koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagilar belgilandi:

Joriy yilning 24-martidan boshlab:

jamoat joylarida, shu jumladan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish boʻyicha sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning 25-martidan boshlab:

kasallik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotganligi sabab uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish maqsadida zarurat boʻlgan hududlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mobil brigadalar faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Karantin cheklovlarini va sanitariya-epidemiologik talablarni buzayotgan fuqarolar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi, shu jumladan, ushbu holatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy choralar koʻrilishi belgilandi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер