Bugundan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida temir yoʻl qatnovi tiklanadi

09:39 15 May 2022 Jamiyat
768 0

15-may kuni 647/648-sonli Nukus — Beyneu — Nukus yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdining qatnovni boshlanadi.

16-maydan boshlab esa Olma-ota-2–Toshkent–Olma-ota-2 yoʻnalishida 1/2-sonli (“Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Taʼkidlash joiz, Qozogʻiston davlat chegarasidagi oʻtish punktlari orqali Qozogʻistonga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19ga test sinovidan oʻtgani haqida (qozoq, rus yoki ingliz tilida) maʼlumotnoma (chegaradan oʻtishdan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda boʻlishi) taqdim etishi shart.

Quyidagi toifa shaxslardan maʼlumotnoma talab qilinmaydi:

— Qozogʻiston bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan Qozogʻiston hududida haqiqiy deb tan olinadigan COVID-19ga qarshi emlanganlik pasporti/sertifikati/maʼlumotnomasiga ega shaxslar;

— Qozogʻiston Respublikasida COVID-19ga qarshi revaksinatsiya yoki toʻliq emlash kursini olgan shaxslar (agar ikkinchi komponentni olganidan soʻng Qozogʻiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtish vaqtida 6 oydan oshmasa);

— 5 yoshgacha boʻlgan bolalar, agar ularni kuzatuvchi (birga boʻlgan) shaxsda ushbu maʼlumotnoma mavjud boʻlsa;

— Qozogʻiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari aʼzolari;

— Lokomotiv brigadalari, temir yoʻl, dengiz va daryo transporti orqali tashishlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar.

Qozogʻistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar hududidan, shuningdek, Ozarboyjon, Moldova, Tojikiston va Oʻzbekistondan kelayotgan shaxslar, shu jumladan, “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasidan roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

Tana harorati yuqori boʻlgan shaxslar aniqlangan holatlarda, maʼlumotnomaning mavjudligidan qatʼi nazar, yuqumli shifoxonada izolyatsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер