Bugundan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlandi
Bugun, 15-yanvar kunidan boshlab mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Arizalar qabuli jarayoni Yagona elektron tizim, “daraja.ilmiy.uz” orqali amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shaklidir.
Mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring