Bugun yurtimizga yana 912 000 doza Sinovac vaksinasi olib kelindi
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, bugun yurtimizga yana 912 000 doza Sinovac vaksinasining partiyasi olib kelindi.
Bundan tashqari, kecha “Jurabek Laboratories” MCHJ qoʻshma korxonasida tayyorlangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2 755 820 dozasi emlash uchun topshirilgan edi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 34 951 358 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
— 1 594 480 dozasi AstraZeneca;
— 25 933 818 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
— 720 500 dozasi “Sputnik V”;
— 3 000 060 dozasi Moderna;
— 1 726 500 dozasi Pfizer/BioNTech;
— 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 24 506 587 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring