Bugun yurtimizda 81 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

21:58 28 Iyun 2020 Jamiyat
700 0

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sogʻayganlar soni 3119 nafarga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forigʻ boʻlganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2463 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер