Bugun yurtimizda  231 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

23:42 01 Noyabr 2020 Jamiyat
616 0

Shu yilning 1-noyabr kuni mamlakatimizda 224 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 570 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 231 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 156 nafar bemordan 64 466 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 120 nafar bemordan 263 nafari ogʻir, 69 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер