Bugun tunda Registon meʼmoriy ansambli moviy rangga burkanadi
Bugun tunda respublika boʻylab #moviynurtarat aksiyasi boʻlib oʻtadi. Autizmga chalingan shaxslar bilan birdamlik va ASB bilan kasallangan insonlarning ijtimoiy muhitga kirib borishi bilan bogʻliq muammolarga eʼtiborni qaratish uchun respublikamizning barcha hududlaridagi asosiy shahar tuzilmalari va diqqatga sazovor joylari moviy rangda porlaydi.
Toshkentda Wyndham, Radisson blu hotel, Hayatt Reggency Tashkent va Hillton mehmonxonalari, Oʻzbekiston Milliy banki binosi va Temuriylar tarixi muzeyi ushbu aksiyaga qoʻshilib ulgurdi. Shuningdek, Anhor Lokomotiv bogʻidagi aylanma charxpalak ham shu rangda yoritiladi. Undan tashqari Samarqanddagi Registon maydoni ham moviy rangga burkanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring