Bugun Toshkentning ikkita tumani gazsiz qoladi
Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, 11-aprel kuni taʼmirlash ishlari sabab Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Bunda gaz Yangihayot tumanining “Humo” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 83 ta yerli xonadon va 2 ta ulgurji isteʼmolchiga soat 10:00 dan 17:00 gacha, shuningdek, Sergeli tumanining “Qoʻsh Qoʻrgʻon” va “Qutbaraka” mahallalaridagi 1430 ta yerli xonadon hamda 23 ta ulgurji isteʼmolchiga 14:00 dan 17:00 gacha yetkazib berilmaydi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, xizmatlar yana qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring