Bugun Toshkent bo'ylab “Sehrli avtobuslar” harakatlanadi
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan unutilmas bayram sovgʻalari yoʻlga chiqmoqda.
Maʼlum qilinishicha, faqatgina 31-dekabr kuni soat 14:00 dan boshlab Toshkent shahridagi 2, 14, 24, 38, 46, 51, 63, 69, 80, 91, 93, 101, 131 sonli avtobus yoʻnalishlarida maxsus bezatilgan “Sehrli avtobuslar” harakatlanadi.
Ushbu vaqt oraligʻida mazkur avtobuslardan foydalangan vaqtda ajoyib onlar, ununtilmas bayram shukuhi hamda esdalik sovgʻalariga ega boʻlish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring