Bugun Soʻx-Rishton yoʻli ochiladi

09:47 01 Aprel 2021 Jamiyat
1233 0

Bugun, Fargʻona viloyatidagi Rishton va Soʻx tumanini bogʻlab turuvchi Qirgʻiziston orqali oʻtgan yoʻlning ochilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yoʻnalishidagi chegara nazorat-oʻtkazish punktlari buning uchun tayyor holatga keltirildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning shu yil 11-12-mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga yangi bosqichga koʻtarmoqda. Koʻp qirrali oʻzaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash yoʻlida dalil qadamlar tashlandi. Oʻzbekiston - Qirgʻiziston davlat chegarasidagi barcha nazorat-oʻtkazish punktlarining ochilishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va turistik oqimni koʻpaytirishga xizmat qiladi.

Soʻx tumani yuz foiz Qirgʻiziston yeri bilan oʻralgan anklav hisoblanadi. Mazkur yoʻlning ochilishi Soʻx tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratishi, shubhasiz. Tuman aholisi uchun yaqin yoʻl boʻlgan bu bojxona chegara posti ancha yillardan oldin yopilgan boʻlib, soʻxliklar viloyat markaziga kelishi uchun uzoq yoʻl bosib, soatlab vaqt sarflardi. Endilikda esa ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berilib, qisqa masofada Soʻxga kirib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер