Bugun Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

10:58 09 Sentyabr 2024 Siyosat
408 0

Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, tashrif dasturidan Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish ham koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mixail Mishustin 1966-yil 3-martida Moskva viloyati tugʻilgan. 2020-yil 16-yanvardan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi sifatida faoliyat yuritadi. U maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish federal agentligi boshligʻi, Rossiya Federatsiyasi Federal Soliq xizmati rahbari boʻlib ishlagan.

Avvalroq, XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakunlanib, unda Oʻzbekiston delegatsiyasining natijasi qanday boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер