Bugun Qashqadaryo viloyatida 50 ta MTT ochiladi.
Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan ayni vaqtda katta tadbir amalga oshirilmoqda.
Bugun, 15- yanvar kuni bu yerda 50 ta maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ulardan 16 tasi davlat, 34 tasi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Ushbu MTTlar ochilishi bilan 3-7 yoshdagi 2905 nafar bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi shuningdek, 170 nafar fuqaro doimiy ish oʻrniga ega boʻladi.
2020-yilda viloyatda 455 ta MTTlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu MTTlarining ishga tushishi hozirgi 110532 nafar qamrovni 138759 taga, yaʼni 38.7 foizdan 47.6 foizga oshiradi.
Ushbu MTTlarda 1100 ta boʻsh ish oʻrinlari yaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring