Bugun Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi.
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida kecha start olgan futzal boʻyicha Osiyo kubogida bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini oʻtkazadi.
Nodir Eliboyev boshchiligidagi terma jamoa “C” guruhi 1-turida qoʻshni Tojikiston terma jamoasiga qarshi parketga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatlarining eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi. Futzalchilarimiz qitʼa birinchiligi tarixida 4 bor finalgacha yetib borgan va 4-marta vitse-chempion boʻlgan. Shuningdek, 6-marta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring