Bugun Madridda karate boʻyicha jahon chempionati boshlanadi

10:36 06 Noyabr 2018 Sport
2044 0

Bugun Ispaniya poytaxti Madrid shahrida karate boʻyicha 24-jahon chempionati start oladi. Musobaqada yer yuzining 139 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi. Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar.

Jahon chempionatida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dastonbek Otabolayev
+84 kg: Gʻofurjon Zohidov

Ayollar:

-50 kg: Baxriniso Boboyeva
-61 kg: Barno Mirzayeva
-68 kg: Dildor Annadurdiyeva

Bahslar 11 noyabrga qadar davom etadi.

Kecha Madridda Jahon karate federatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi Alamjon Mullayev va bosh kotib Kamoliddin Xodjaniyazovlar ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер