Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 366 nafarga yetdi

23:37 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
994 0

Shu yilning 9-sentyabr kuni mamlakatimizda 512 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida jami 314 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari ogʻir, 224 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер