Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi
Shu yilning 11-oktyabr kuni mamlakatimizda 322 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 505 nafarga yetdi.
Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Fargʻona, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 365 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 098 nafar bemordan 58 069 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 524 nafar bemordan 322 nafari ogʻir, 110 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring