Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:40 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
847 0

Shu yilning 5-oktyabr kuni mamlakatimizda 391 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 485 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Namangan, Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida 433 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 078 nafar bemordan 55 751 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 842 nafar bemordan 430 nafari ogʻir, 179 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер