Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:16 27 Sentyabr 2020 Jamiyat
804 0

Shu yilning 27-sentyabr kuni mamlakatimizda 448 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 459 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Fargʻona, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 507 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 55 401 nafar bemordan 51 965 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 977 nafar bemordan 725 nafari ogʻir, 299 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер