Bugun — Xalqaro qishloq ayollari kuni
Illyustrativ foto
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.
BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga eʼtibor qaratishga, xususan, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zoʻravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlashga chaqiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring