Bugun – Xalqaro optimizm kuni
Optimizm lotincha “optimus” soʻzidan olingan boʻlib, “eng yaxshi” degan maʼnoni beradi. Istilohda bu soʻz voqelikning ijobiy yakun topishini taxmin qilish, atrofda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning yaxshi tomonlarini koʻra olish, bir soʻz bilan aytganda, xayrixohlikni bildiradi.
Bu atama fanga nemis faylasufi va matematigi Gotfrid Leybnis tomonidan kiritilgan. 1758-yil dekabrda fransuz adibi Volterning “Kandid yoki optimizm” romani sotuvga chiqqach, bu soʻz oʻquvchilar orasida juda ommalashib ketgan.
Bu kun dunyoning koʻpgina mamlakatlarida xursandchilik va koʻtarinki ruhda nishonlanadi. Psixologlar tomonidan kun davomida xush kayfiyatda boʻlish tavsiya etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring