Bugun havo harorati qanday boʻladi?
“Oʻzgidromet” 29-iyun, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi.
- Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi.
- Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi.
- Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring