Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

07:10 20 Dekabr 2024 Jamiyat
369 0

“O‘zgidromet” 20-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

ToshkentSirdaryoSamarqandJizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

QashqadaryoSurxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

AndijonNamanganFarg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер