Bugʻdoy uni importi hajmi 41,6 ming tonnaga oshgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga qiymati 72,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 227,8 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.
Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston bugʻdoy unini asosan qoʻyidagi ikkita davlatlar eng koʻp import qilgan:
Qozogʻiston – 218,3 ming tonna;
Rossiya – 9,4 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring