“Bu muammoni bir kechada hal qilib boʻlmaydi”. Vens AQSH Eron bilan muzokaralar oʻtkazish niyatida ekanini aytdi

11:40 15 Aprel 2026 Dunyo
204 0

AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettirishga qaror qilgan. Bu haqda Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti Jey Di Vens maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

“Bu muammoni bir kechada hal qilib boʻlmaydi. Lekin ha, men bilan bir stolda oʻtirgan odamlar kelishuv tuzishni istashadi deb hisoblayman. Va men bilamanki, AQSH Prezidenti bizga muzokaralarni halol (insof bilan) olib borishni buyurgan. Biz shunday qildik va buni davom ettiramiz”, — dedi u.

Vens AQSH Eronga yadro qurolini yaratishdan butunlay voz kechish evaziga “jahon iqtisodiyotiga qoʻshilish” imkoniyatini taklif qilayotganini taʼkidladi.

“Biz muzokaralar olib borishga va buni hayotga tatbiq etishga harakat qilamiz, chunki bu dunyo uchun, mamlakatimiz uchun va barcha uchun ajoyib boʻlardi. Shu bois men buning amalga oshishi uchun kurashaman”, — dedi vitse-prezident.

Shuningdek, u Vashingtonning baholashicha, ayni damda oʻt ochishni toʻxtatish rejimi saqlanib qolayotganini aniqlashtirib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер