Bu yil vabo epidemiyasi avj olgan mamlakatlar soni 31 taga yetdi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, joriy yil boshidan buyon 31 mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi.
“Koʻrsatkichlar yil sayin oshib borayotgani xavotirli, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Masalan, oʻtgan yili vaboga chalinish holatlari 2021-yilga nisbatan ikki baravar koʻpaygan edi. Bu yil esa vaziyat yanada yomon.”
Hozir epidemiya oʻchoqlarining katta qismi Afrika mamlakatlari hududiga toʻgʻri keladi.
Xalqaro ekspertlarning prognoz qilishicha, kelgusida yillik kasallanishlar soni 1,3 milliondan 4 millionga yetishi mumkin. Bu esa 143 ming kishining oʻlimiga sabab boʻlishi taxmin qilinyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring