Bu yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili boʻladi

11:12 16 Yanvar 2024 Siyosat
791 0

Bundan buyon, sanoatda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari birinchi galda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi.

Masʼullarga 2024-yilda qoʻshilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz oʻsishni taʼminlash boʻyicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirildi.

Shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trillion soʻmga, debitor qarzdorlikni 8 trillion soʻmga kamaytirish zarur.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Strategik islohotlar agentligiga har oyda kamida 2 tadan tarmoqni tahlil qilib, qanday qilib tannarxni kamaytirish, qoʻshilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish mumkinligini koʻrsatib berish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, joriy yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz oʻsishini taʼminlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер