Bu yil “eski” abituriyentlardan pul olinadimi?
Oʻtgan yildan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim «minimalka» miqdorida (101 ming soʻm) toʻlov undirish yoʻlga qoʻyilgan edi. Joriy yilda ham bu amaliyot davom etadi. Oʻtgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd. soʻmdan koʻproq mablagʻ tushgani xabar qilingan edi.
Joriy yilda bu toʻlov 111,5 ming soʻm boʻladi. Taxminan 700 ming atrofida maktabni oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hujjat topshirishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring