Bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha yangi dastur amalga oshiriladi
Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha yangi dastur amalga oshiriladi.
Joriy yilda bogʻ, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 million gektar yerlarni ham toʻliq raqamlashtirishga topshiriq berildi.
Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral oʻgʻit sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring