Bu hayotimdagi eng baxtli onlar boʻlib qoladi

18:13 05 Iyul 2023 Jamiyat
508 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Tarixdan maʼlum, qaysiki davlatda taʼlimga katta eʼtibor qaratilar ekan, shu mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy yuksaklik hukm suradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak, respublikamizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi kunimiz uchun mustahkam poydevor vazifasini oʻtaydi.

Bu borada yosh avlodning taʼlim olish, iqtidori va salohiyatini namoyon etish uchun sharoit yaratish, imkoniyat eshiklarini ochish maqsadida amalga oshirilgan ishlar quvonarli, albatta. Sababi, yuzaga kelgan muhit yigit-qizlarning puxta bilim olib, jahon talablariga mos va xos kadr boʻlib yetishlarida muhim ahamiyat kasb etdi. Oddiy misol, mening oʻzim Izboskan tumanidagi Toshloq mahallasida voyaga yetdim. Qishloq maktabida tahsil oldim. 2018-yili Andijon mashinasozlik institutining transport va logistika fakultetiga grant asosida oʻqishga qabul qilindim. Hozirda 3 ta dasturiy guvohnomaga egaman.

Xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman toʻplamlarida 50 dan ziyod ilmiy maqolalarim chop etildi. 2020-2021 oʻquv yili davomida Islom Karimov nomli, 2021-2022 oʻquv yilida esa “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” stipendiyasi sohibiga aylandim. Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanishim hayotimdagi eng baxtli onlarimdan biri boʻlib qoladi.

Shu bois mutaxassisligim boʻyicha puxta bilim olish, nazariy saboqni amaliyotda qoʻllash orqali sohaga yangicha yoʻnalishni olib kirish hamda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishni muhim vazifa sifatida belgilab olganman.

Sarvarbek AZIMOV, Andijon mashinasozlik institutining 1-bosqich magistranti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер