“Bu bizga Yangi yil bayrami sovgʻasi boʻldi”

21:48 30 Dekabr 2021 Jamiyat
629 0

Foto: "Xalq so'zi"

Ilgari viloyat va tuman markazlaridagina boʻlgan  koʻp  qavatli turarjoy binolari  qurilishi endi olis qishloqlarga ham jadal kirib boryapti. Chunonchi, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon shahridan salkam yigirma chaqirim olisda joylashgan “Oʻzbekiston” mahallasida bundan  uch yil avval shunday binolarni barpo etishga kirishilgan edi. Oʻtgan davrda  har biri 24 ta xonadondan iborat boʻlgan 5 ta imoratga 120 ta oila koʻchib kirdi. Shinam uy-joylar dahasi bu yil yanada kengaydi. Yaqinda 40 xonadonga moʻljallangan yana ikkita besh qavatli bino qurib  bitkazildi. Arzon uylarning  aksariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamxarj oilalarga ajratilmoqda.

— 10 sotixli hovlida uch oila, 11 kishi birga yashab kelardik. Singlim Dilshoda 2-guruh nogironi. Uy soʻrab qilgan murojaatimiz eʼtiborga olinib, mana, alohida xonadonga ega boʻldik. Bu bizga Yangi yil bayrami sovgʻasi boʻldi, — deydi yangi uy egalaridan biri Izzatilla Mirzaumarov.

Yangi uylar taqdimoti tantanali nishonlandi. Shinam boshpanasida bayram dasturxonini yozish tadorigini koʻrayotgan xonadon sohiblariga tuman hokimligining sovgʻalari taqdim qilindi. Bu yoqda esa  navbatdagi yana uch bino qurilishi jadallashtirilmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер