“BTI”lar oʻrnida yangi organ tashkil etildi

20:56 07 Sentyabr 2020 Hujjatlar
1510 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan “Yermulkkadastr” davlat korxonasi negizida Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilmoqda. Ushbu palataning oldingi korxonalar ish uslubidan eng asosiy farqi – bu koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildini tayyorlash va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bitta idora shugʻullanmaydi.

Unga koʻra, endilikda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari faqat registratsiya bilan, registratsiya orqali olgan maʼlumotlari asosida davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bilan, oʻzlari toʻplagan maʼlumotlarni vakolatlari organlardan olgan axborotlar bilan birlashtirib, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish bilan shugʻullanadi!

Koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildini tayyorlash, shu maqsadda uni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish vazifasini esa davlat tashkilotlaridan tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Fikrimizcha, tez orada tadbirkorlarga ushbu ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat ham qabul qilinsa kerak. Ungacha esa, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari bu vazifani bajarib turadi. Bozor oʻz egalariga topshirilgach bu filiallar ham bosqichma-bosqich tugatib boriladi va faqat olis, borish qiyin boʻlgan hududlarda qoldiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер