Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
Foto: Reuters
Bryusselga koʻra, Boris Jonson NATO bosh kotibi boʻlmaydi, chunki u ayol emas.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson NATO bosh kotibi boʻla olmaydi, chunki u ayol emas. Bu haqda Bryusseldagi xalqaro institutlardagi manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Jonsonda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi boʻlish uchun hech qanday imkoniyat yoʻq. Chunki u yaqinda NATOga qabul qilingan davlatlar vakili emas.
“Asosiy sabab shundaki, NATOda ayol kishi alyansning navbatdagi bosh kotibi boʻlishi kerak. Yana bir muhim jihati, yangi bosh kotib alyansning yangi aʼzo mamlakatlaridan vakil boʻlishi kerakligi haqida konsensus mavjud”, deya tushuntirdi agentlik suhbatdoshi.
Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod Rishi Sunak isteʼfoga chiqqan bosh vazir Boris Jonsonga ish qidirishdan bosh tortayotganini aytdi. Shuningdek, u kelajakda Jonsonni hukumatda koʻrmasligini qoʻshimcha qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring