Britaniyalik olimlar supermassiv qora tuynukni aniqladi

00:45 02 Aprel 2023 Dunyo
1344 0

Foto: Illustrativ surat

Britaniyalik olimlar supermassiv qora tuynukni aniqladilar. U Quyosh massasidan taxminan 33 mlrd marta katta.

Bu fanga maʼlum boʻlgan eng katta qora tuynuk. Ehtimol, uning massasi nazariy jihatdan qora tuynuklar hajmining yuqori chegarasidir.

Supermassiv qora tuynuklar koʻplab galaktikalarning markazida joylashgan. Astrofizik kuzatuvlar shuni koʻrsatadiki, Olamda deyarli boshidanoq supermassiv qora tuynuklar mavjud boʻlgan — ularning eng qadimgisining yoshi 13,7 milliard yilga baholangan, Olamning yoshi esa 13,799 milliard yildir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер