Britaniyalik olimlar koronavirus yuqtirish uchun koʻngillilarni izlamoqda

00:04 21 Oktyabr 2020 Dunyo
950 0

Illyustrativ foto

Britaniyalik tadqiqotchilar "SARS-CoV-2" koronavirusini yuqtirish uchun koʻngillilar izlamoqdalar. 

Bundan koʻzlangan maqsad kasallikning turli bosqichlarida inson organizmida qanday oʻzgarishlar boʻlishini diqqat bilan oʻrganish, deyiladi "CNN" telekanali xabarida.

Buning uchun London Imperial kolleji shifokorlariga semizlik, diabet va yurak xastaligi boʻlmagan 18 yoshdan 30 yoshgacha 19 nafar koʻngilli kerak. 

Tadqiqotning dastlabki bosqichida olimlar virus bilan zararlanish uchun uni qancha miqdorda yuqtirish kerakligini aniqlamoqchilar. Buni uchun ular virus zarralarini burunga kiritadilar va qanday qilib infeksiya paydo boʻlishini va kasallikning avj olishini kuzatishadi. Butun tadqiqot kasalxonada oʻtkazadilar. Shuningdek, baʼzi subyektlarga koronavirusga qarshi eksperimental vaksina beriladi. Bu orqali tadqiqotchilar emlangan va emlanmagan odamlarda virusning xatti-harakatlaridagi farqni kuzatmoqchi.

“Ushbu tadqiqotning katta afzalligi shundaki, biz har jarayonni sinchkovlik bilan kuzatib borishimiz va har bir bosqichda nima boʻlishini aniq belgilab olishimiz mumkin”, deyiladi mutaxassislar bayonotida.

Tadqiqotchilar yangi maʼlumotlar koronavirus tarqalishini kamaytirishga, uning taʼsirini yumshatishga va oʻlimni kamaytirishga yordam berishiga, deb umid qilishmoqda. 

Tadqiqot keyingi yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер