Britaniyalik filologlar 2024-yil soʻzini aniqlashdi
Britaniyalik filologlar “brat” sifatdoshini 2024-yil soʻzi deb eʼlon qilishdi.
Brat soʻzi qoʻshiqchi Charli XCXʻning xuddi shu nomdagi albomi chiqishi tufayli Buyuk Britaniyada keng qoʻllanila boshlandi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, sifatdosh jiddiylik va beqarorlikni anglatuvchi “madaniy hodisa”ga aylangan.
2023-yilda Amerikada “yil soʻzi” deb “authentic” topilgan edi. Ushbu soʻzning keng qoʻllanilishi sunʼiy intellektning rivojlanishi, mashhur tendensiyalar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz shaxsiyatini muhokama qilish bilan izohlandi. Lugʻat mualliflari 2022-yilda “gaslighting” (psixologik zoʻravonlik koʻrinishi)ni yil soʻzi, 2021-yilda – “vaksina”, 2020-yilda – “pandemiya” deb eʼlon qilishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring