Britaniyada uchinchi marta lokdaun joriy etiladi

01:24 06 Yanvar 2021 Dunyo
1110 0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda uchinchi marta lokdaun joriy etilishini eʼlon qilgan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Jonsonning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi turi “qoʻrqinchli darajada“ tarqalmoqda. 

“Uchinchi milliy lokdaun zarurligi aniq“, dedi bosh vazir.

Unga koʻra, 5-yanvardan boshlab maktablar masofaviy taʼlimga oʻtmoqda, faqat “asosiy“ kasb vakillari vakillarining farzandlari, masalan, shifokorlar, ijtimoiy xizmatchilar, oʻt oʻchiruvchilar, politsiyachilar, kuryerlar va sotuvchilarning farzandlari maktabga borishlari mumkin. Fuqarolarga uydan faqat piyoda, shifokorga yoki doʻkonga borish uchun ruxsat beriladi. Ogʻir surunkali kasalliklarga chalinganlarga uydan umuman chiqmaslik tavsiya qilinadi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер