Braziliyada futbol klubi prezidenti va oʻyinchilarni olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi

20:48 25 Yanvar 2021 Dunyo
1011 0

Braziliyada “Palmas” futbol klubi prezidenti va oʻyinchilarni olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi. Layner Portu-Nasional shahridagi Tokantis aviatsiya uyushmasi uchish yoʻlagidan havoga koʻtarilishi bilan, balandlikni yoʻqotib qulab tushgan. Bu haqda Globo manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bortda uchuvchidan tashqari “Palmas” tarkibida toʻp surgan toʻrt nafar futbolchi — Lukas Praksedes, Gilyerme Noe, Ranule va Markusu Molinari, klub prezidenti Lukas Meyra bor edi. Ularning barchasi halok boʻlgan.

Fojea sabablari hozircha maʼlum qilinmayapti.

Maʼlumot uchun, “Palmas” jamoasiga 1997-yilda asos solingan boʻlib, u mamlakat toʻrtinchi divizionida ishtirok etadi. Klub bugun “Vila Nova”ga qarshi safarda maydonga tushishi kerak edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер