Braziliya Amazonka oʻrmonlarini asrash uchun Qurolli kuchlarni jalb etdi
Braziliya hukumati Amazoniya oʻrmonlari hududiga uchta doimiy harbiy bazani joylashtirdi. Bundan koʻzlangan maqsad Qurolli kuchlar ekologik jinoyatchilik va noqonuniy iqtisodiy faoliyatni toʻxtatish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiriladi.
Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Antoniu Gamilton Mourau maʼlum qildi.
“Harbiy bazalar Rondoniya, Matu-Grosu va Para shtatlaridagi 20 ta ustuvor hududga joylashtirildi. Umid qilamizki, bu oʻrmonni qasddan quritish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu nafaqat Braziliya xalqi, balki butun dunyo hamjamiyati oldidagi majburiyatimizdir”, deydi Maurau.
Maʼlumot oʻrnida, may oyi boshida “Globo” gazetasi Braziliya atrof-muhitni himoya qilish instituti maʼlumotlariga asoslanib, Amazoniyada oʻrmonlarning maydoni rekord darajada qisqargani haqida xabar bergan edi. Xususan, 2018-yilda 8,5 ming, 2019-yilda 10,5 ming gektar gektar oʻrmon yoʻq qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring