Bozorlarda narx-navo qanday?

11:13 12 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
2532 0

Davlat statistika qoʻmitasi bozorlardagi narx-navo toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Qoʻmita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 10-dekabr kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (lahm goʻshtidan tashqari) 35 000 soʻmdan 57 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 38 000 soʻmdan 64 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (38 000) soʻmdan roʻyxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (64 000) soʻmdan kuzatildi.

Kartoshka 1 600 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (1 600 soʻmdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (4 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 000 soʻmdan 3 500 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”da (1 000) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 500 soʻm).

Sabzi 1 000 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1000) soʻmdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da (4 000) soʻmdan kuzatildi.

Tuxum 6 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori” Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da kuzatildi (6 000 soʻm). Maksimal narxi esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

Guruch 4 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”da (4 000 soʻmdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 13 500 soʻmgacha (1 l.)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (8 400) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da (13 500) soʻmdan kuzatildi.

Shakar 5 200 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 200) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” , “Mirobod dehqon bozori”da (6 500) soʻmdan kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер