Bozorlardagi oxirgi narx-navolar bilan tanishing
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda
3-iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning eng arzon va qimmat narxlari bilan tanishing.
Tibbiy niqob: Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.
Antiseptik gel: Qashqadaryoda ming soʻm boʻlsa, Navoiy viloyatida 15 ming soʻmgacha.
Mahalliy un birinchi navi: Qoraqalpogʻiston 2500 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Qolipli non: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida 1250 soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.
Makaron: Andijon viloyatida 3000 soʻm, Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida 9 ming soʻm.
Shakar: Fargʻona, 5 ming soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.
Oʻsimlik yogʻi: Namangan viloyatida 8 ming boʻlsa, Buxoroda 14 ming soʻm.
Xoʻjalik sovuni: Namangan viloyatida 1000 soʻm, Toshkent shahrida 4000 soʻm.
Tuxum: Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.
Mol goʻshti: Qashqadaryo viloyatida 40 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.
Qoʻy goʻshti oʻrtacha hisobda: Toshkent shahrida 39 ming, Toshkent viloyatida 70 ming, Toshkent shahrida 75 ming soʻmgacha.
Tovuq goʻshti: Andijon viloyatida 10 ming soʻm, Toshkent shahrida 24 ming soʻm.
Guruch: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahrida 16 ming soʻmdan.
Kartoshka: Surxondaryo viloyatida ming soʻm, Toshkent viloyatida 6500 soʻm.
Piyoz: Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent va Samarqand viloyatida 4000 soʻm.
Sabzi: Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent shahrida 3500 soʻmgacha.
Sarimsoq piyoz: Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring