Bojxonachilar 20 000 AQSH dollarini noqonuniy tarzda olib chiqilishiga chek qoʻydi

11:37 23 Iyul 2022 Jamiyat
739 0

Turli nayranglarni qoʻllagan holda yurtimizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Kuni kecha, qoʻshni davlatiga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, oyoq kiyimning ichiga yashirilgan, belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan jami 20 000 AQSH dollari naqd xorijiy valyutasini olib oʻtayotganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oy davomida 609,5 ming AQSH dollariga teng naqd xorijiy valyutasini bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер