Bojxona hududida qayta ishlash: bojxona rejimining afzalliklari va qulayliklari
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda qayta ishlar korxonalari rahbarlari uchun “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining afzalliklari va qulayliklari, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yengilliklar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Bojxona qoʻmitasi, tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilari, Savdo-sanoat palatasi va Soliq boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Global komsco Daewoo” korxonasi qogʻoz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hozirda 200 dan ortiq aholi bandligi taʼminlangan. Korxona joriy yil 9 oy davomida qayta ishlash mahsulotlarining eksport koʻrsatkichi 16 mln 200 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Xorijdan 300ming. AQSH dollarlik xom ashyo olib kirgan.
Shuningdek, “International paper” MCHJ qogʻoz mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hozirda 300 dan ortiq aholi bandligi taʼminlangan. Korxona joriy yil 9 oy davomida qayta ishlash mahsulotlarining eksport koʻrsatkichi 4 mln 600 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Xorijdan 8 mln. AQSH dollarlik xom ashyo olib kirgan.
Tumandagi “Imperial Granit” korxonasi esa marmar mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hozirda 150 dan ortiq aholi bandligi taʼminlangan. Korxonaning joriy yil 9 oy davomida qayta ishlash mahsulotlarining eksport koʻrsatkichi 545 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Xorijdan 450 ming AQSH dollarlik xom ashyo olib kirgan.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish tartibi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi 115-son Farmoni bilan xorijdan import qilinadigan xomashyo va materiallarni qayta ishlash istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ushbu bojxona rejimidan foydalanilganda, bojxona toʻlovlari undirilmasligi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasligi kabi afzalliklari bilan keng imkoniyatlar bilan tanishtirish boʻldi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan muntazam taʼminlash, ishlangan mahsulotlarini eksport geografiyasini kengaytirish hamda hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qabul qilingan Farmon bilan berilayotgan imtiyozlar tushuntirildi.
Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring