Boʻstonliq tumanida madaniyat kunlari oʻtkazildi
Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi va Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi, shuningdek, qator hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan tadbirda taniqli sanʼatkorlar va yosh ijrochilar ishtirok etdi.
Hududlarda madaniyat muassasalari tomonidan oʻzarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlari va madaniyat kunlarini tashkil etish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda diltortar kuy-qoʻshiqlar yangradi, dilbar raqslar ijro etildi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov, “Nihol” Davlat mukofoti sohibalari Fotima va Zuhra Tursunboyevalar, “Qurama” folklor ansambli va bir qator unvonga ega jamoalarning chiqishlari musiqiy kechaga oʻzgacha fayz-tarovat bagʻishladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring