Bosh vazir uy olaman deb aldangan fuqarolarni qabul qildi

19:01 21 Iyul 2023 Siyosat
1371 0

Bugun, 21-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilarini qabul qildi.

Sayyor qabulda mazkur masalani oʻrganish va hal etish boʻyicha tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер