Bosh vazir Soʻx tumaniga bordi
Ayni paytda Soʻx tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirokida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Xabaringiz bor, Prezidentimizning joriy yil 8-avgust kuni “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unda tasdiqlangan dasturga 146 ta loyiha kiritilgan boʻlib, 639 milliard soʻm mablagʻ sarf etiladi.
Yigʻilishda ana shu qarorda belgilangan vazifalar muhokama etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring